Qirg‘iziston Respublikasi Tolibonni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi

eʼlon qilindi
Terrochi tashkilot sifatida ro‘yxatga olingan 20 ta tashkilotlar orasida Tolibon qayd etilmagan
Foto: leo_altman / depositphotos.com

Tolibon Qirg‘izistonda terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqdi. Bu haqda Asia plus nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi tomonidan terrorchi tashkilotlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatda 20 ta tashkilot nomlari mavjud bo‘lib, Tolibon esa ushbu ro‘yxatda qayd etilmagan.

Qirg‘iziston din ishlari bo‘yicha rais o‘rinbosarining ta’kidlashicha, KXSHT da Tolibonni terrorchi tashkilot sifatida ro‘yxatdan olib tashlash muhokama qilinmoqda. Bundan tashqari, Qozog‘istonda ham Tolibon terrorchi tashkilotlar ro‘yxatdan chiqarilgan.

Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston terrorchi tashkilotlari ro‘yxatida Hisbut-Tahrir harakati, Al-Qoida, Shariy Turkiston islom harakati bor.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShda yamanlik husiylar Qizil dengizidagi savdo kemalariga uyushtirilgan hujumlar tufayli terrorchi guruhlar ro‘yxatiga qo‘shilgani haqida xabar bergan edi.  

Shuningdek