Telegram Pavel Durov Fransiyada qo‘lga olinganidan keyin so‘rovlarga javob bera boshladi
Telegram asoschisi Pavel Durov hibsga olingandan so‘ng, ijtimoiy tarmoq Fransiya hukumati bilan hamkorlik qila boshladi. Bu haqda Liberation nashri xabar beradi.
Endilikda messenjer politsiya va jandarmeriya so‘rovlariga, ayniqsa o‘smirlar bilan bog‘liq jinoyat ishlariga ko‘maklashadi.
Telegram tergovlarga yordam berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etdi. Strategiyadagi bu o‘zgarishlar sezilarli bo‘lib, Fransiya prokuraturasining e’tiborini tortdi. Endi departament ijtimoiy tarmoqqa qarshi o‘z ishini qayta boshlaydi.
«Biz rostdan ham ma’lum bir muddat davomida Telegram adliya tizimi bilan hamkorlik qilishga ko‘proq moyil bo‘lganini kuzatdik»— deyiladi Belgiya prokuraturasi xabarida.
Avvalroq Pavel Durov birinchi marta Parijda hibsga olinganiga izoh bergan edi.