«Tashabbusli budjet»da 177 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi
eʼlon qilindi
Ularga 143,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi
«Tashabbusli budjet»ning joriy yilgi 2-mavsumida yuqori ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lmagan 177 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 56 ta, loyiha qiymatining 20 % mablag‘ yetmagan 25 ta va mahalla aholisi sonidan ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘la olmagan 96 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi.
Mazkur loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 143,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
G‘olib loyihalar ro‘yxati mazkur havoladan o‘rin olgan.