Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi
eʼlon qilindi
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi
Haftaning shanba va yakshanba kunlari, O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-oktabr tungi vaqtda 5-10°, kunduzi 20-25°, 20-oktabrda esa kechasi 7-12°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
Mamlakatning tog‘li hamda tog‘oldi hududlarida ham havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati 19-oktabr kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18°, 20-oktabr kuni esa kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 18-oktabr, juma kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.