Xorazmdagi novvoyxona 2 milliard so‘mlik gazni noqonuniy ravishda sarflagan
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Qoidabuzarlik «O‘zenergoinspeksiya» xodimlari tomonidan aniqlangan

Xorazm viloyati Urganch tumanidagi novvoyxona 2 milliard so‘mlik gazni noqonuniy ravishda sarflagan, deb xabar berdi «O‘zenergoinspeksiya» matbuot xizmati.
Inspeksiya xodimlari novvoyxona to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz ta’minoti tizimiga ulangani va hisoblagichsiz ishlatilayotganini aniqladi.
Yoqilg‘i o‘g‘irlash bo‘yicha ish mahalliy huquq-tartibot idoralariga o‘tkazildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Sirdaryo viloyatidagi gazni noqonuniy sarflash holati haqida yozgan edi.