Jaguar avtokompaniyasi yaguar logotipidan voz kechdi
Jaguar transmilliy avtomobil konserni an‘anaviy yaguar logotipidan voz kechib, o‘z dizaynini tubdan o‘zgartirdi. Bu haqdagi e’lon brendning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, endi logotipda yaguar o‘rniga uch o‘lchamli J va R harflari aks etadi.
Kompaniya asoschisi ser Uilyam Lyons Jaguar’ni hech narsaning nusxasi bo‘lmasligini aytdi.
«Bugungi kunda Jaguar brendi uchun bizning qarashimiz aynan shu falsafadan ilhomlangan. Yangi Jaguar – bu «Exuberant Modernism» (Jo‘shqin Modernizm) atrofida shakllangan brenddir. U har bir nuqtasida tasavvurga boy, dadil va san’atkorona yondashuvni namoyish etadi. Jaguar o‘ziga xos va qo‘rqmas brenddir», – deydi asoschi.
Yangi Jaguar brendi kontseptsiyasining boshqa elementlari dekabr oyida taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nissan N7 modeli namoyish etilgani haqida yozgan edik.