O‘zbekiston Markaziy Osiyoda chiqindilarni energiyaga aylantiruvchi birinchi davlat bo‘ladi

eʼlon qilindi
Xitoy kompaniyasi 2024-yilda O‘zbekistonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarish bozoriga kirib kelgan
Foto: nostal6ie / depositphotos.com

Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda maishiy chiqindilarni energiyaga aylantiradigan zavodlarga ega boʻlgan birinchi davlatga aylanadi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligiga Xitoyning Shanghai SUS Environment Co. Ltd kompaniyasi vitse-prezidenti Tom Shi ma’lum qildi.

«Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatingizda chiqindilarni boshqarish boʻyicha qat’iy siyosat va qayta tiklanadigan energiyaga oid ulkan maqsadlarni amalga oshirish orqali barqaror rivojlanishga oʻtishni tezlashtirmoqda», – dedi Tom Shi.

Uning soʻzlariga koʻra, zavodlar ishga tushirilishi mintaqada ekologik toza texnologiyalarni rivojlantirishda muhim qadam boʻladi. Shuningdek, kompaniya Xitoyning zamon talabiga javob beradigan yuqori texnologiyali ishlab chiqarish uskunalari va turli yo‘nalishdagi yirik ilg‘or kompaniyalarini jalb etishga o‘z hissasini qo‘shishni rejalashtirayotgani ta’kidlandi.

«Oʻzbekistondagi loyihalarimizni kengaytirish maqsadida salkam $1 milliardga teng boʻlgan investitsiya kiritishni rejalashtiryapmiz», – dedi u.

Ma’lumot uchun, Xitoy kompaniyasi 2024-yilda Oʻzbekistonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarish bozoriga kirib, mamlakatning barqaror oʻsishini qoʻllab-quvvatlash uchun ilgʻor texnologik yechimlarni taqdim etib kelmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan chiqindi uchun qarzdorlar qanday qilib elektr energiyasidan uzilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek