Paynet Humo bilan nima qilishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Kompaniya moliyaviy texnologiyalarni joriy etish majburiyatini olgan
Foto: Paynet

Paynet Davaktiv tomonidan tashkil etilgan Milliy banklararo protsessing markazi (Humo) ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish boʻyicha tanlov gʻolibi deb topildi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistanʼga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, kompaniya Humo toʻlov tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlarini himoya qilish va ilgʻor moliyaviy texnologiyalarni joriy etish majburiyatini olgan.

«Paynet respublikada raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish maqsadida toʻlovlarning yangi shakl va usullarini jadal joriy etish uchun milliy toʻlov tizimlarini rivojlantirish, ilgʻor moliyaviy va raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha sa’y-harakatlarni birlashtiradi», – deyiladi xabarda.

Paynet bosh direktori Anvar Isamuxamedov toʻlov bozori ishtirokchilari bilan sinergiya biznes va aholi uchun sifatli va innovatsion yechimlarni taqdim etish uchun oʻz pozitsiyalarini mustahkamlash, biznes jarayonlarini yaxshilash va yangi texnologiyalarni joriy etish imkonini berishini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Paynet Humoʻni $65 mlnga sotib olishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek