O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
1-0 hisobida
Foto: UFA media

Xitoyning Shenjen shahrida U-20 Osiyo kubogi bahslari boshlandi. Musobaqaning ilk turida Farhod Nishonov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Yaman bilan to‘qnash keldi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Jamoamizning yagona golini 26-daqiqada Muhammadali O‘rinboyev kiritdi. O‘zbekiston terma jamoasi turnirdagi safarini ishonchli start bilan boshlab, guruh bosqichida muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat amputantlar terma jamoasi Osiyo chempioni boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek