Qozog‘istonning Aktau viloyati sobiq hokim o‘rinbosari O‘zbekistonda qo‘lga olindi

O‘zbekiston chegarasida sobiq Aktaudagi hokim o‘rinbosari Timur Sadvakassov qo‘lga olindi. Bu haqda Kozachkov offside Telegram sahifasiga tayanib, Tengri News nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, sobiq amaldor Qozog‘iston hukumati tomonidan qidiruvga berilgan.
U firibgarlik va katta miqdorda pora berishga undashda gumon qilinmoqda. Sadvakassov Qirg‘izistonga noqonuniy ravishda o‘tib, keyin O‘zbekiston hududiga kirib, O‘zR chegara qo‘shinlari tomonidan qo‘lga olingan.
Kursiv Kazakhstan ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq hokim o‘rinbosarining qo‘lga olingani Qozog‘istonning Moliyaviy monitoring agentligi tomonidan hali tasdiqlangani yo‘q.
AFA ma’lumotlariga ko‘ra, «Tiolayn» konchilik kompaniyasining aksiyadori Viktor Dolgalev Sadvakassov orqali huquqni muhofaza qilish organlarini pora bilan sotib olishga uringani aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avtofiribgarlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik erkak Turkiyada qo‘lga olingan edi.