Apple menyular va piktogrammalarni tubdan qayta loyihalashtirishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Bu haqda Bloomberg xabar berdi
Apple menyular va piktogrammalarni tubdan qayta loyihalashtirmoqchi
Apple menyular va piktogrammalarni tubdan qayta loyihalashni rejalashtirmoqda. Foto: DenysKuvaiev / www.depositphotos.com

Apple iPhone, iPad va Mac uchun eng katta interfeys yangilanishlaridan birini taqdim etishni rejalashtirmorda. Bu haqda Bloomberg loyihaga yaqin odamlarga tayanib xabar bermoqda.

iOS 19, iPadOS 19 va macOS 16ʼga keladigan oʻzgarishlar «piktogrammalar, menyular, ilovalar, oynalar va tizim tugmalari uslubiga» taʼsir qiladi. Kompaniya dasturiy taʼminotni yanada oʻxshash va izchil qilish uchun qurilmalarni boshqarish va nazorat usullarini soddalashtirish ustida ishlamoqda.

Dastur 2020-yilda Big Sur’dan beri Mac uchun, 2013-yilda esa iOS 7’dan beri iPhone uchun eng yirik yangilanish bo‘ladi. Shuningdek, uning qayta dizayni Vision Pro virtual reallik garniturasidan ilhomlangan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Kompaniya qayta loyihalash pandemiya davrida sezilarli darajada pasayib ketgan daromadni oshirishiga ishonmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Apple mashhur noutbuklarni sotishni toʻxtatgani haqida yozgan edi.

Shuningdek