
2026-yilda taqdim etiladigan iPhone 18 Samsung’ning bukiladigan telefonlaridagi kabi ekranosti old kamera texnologiyasini qabul qilishi mumkin. Gizmochina’ga ko‘ra, Apple ekran osti 3D texnologiyasini sinab ko‘rmoqda. Bu texnologiya yordamida Face ID elementlari ekranda ko‘rinmaydi.
Bu yangilik birinchi marta tilga olinayotgani yo‘q. Avval ham iPhone 18’da ekran osti Face ID bo‘lishi haqida xabarlar chiqqandi. Bloomberg nashri Mark Gurmanning hisobotiga ko‘ra, bu texnologiya Dynamic Island uchun hozirgi qalin kesmani kichraytirishga yordam beradi.



Ekranosti kamera boshqa kompaniyalarda ham sinab ko‘rilgan. Samsung Galaxy Z Fold 3’da bu texnologiyani qo‘llagan, ammo surat sifati ancha pasayib ketgani uchun keyingi modellarda yana odatiy kameraga qaytdi. Ba’zi boshqa smartfonlarda ham ekranosti kameraning sifati yaxshi natija bermagan.
Shunga qaramay, Apple bu texnologiyani yanada sifatli ishlashi uchun yaxshilashi mumkin. Lekin u iPhone 18’da paydo bo‘lishi to‘liq aniq emas. Ba’zi manbalar bu texnologiya faqat iPhone 20’da to‘liq joriy etilishini aytmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple iPhone 18 Pro uchun yangi HMO displeyga o‘tishi mumkinligi xabar qilingandi. Texnologiya High Mobility Oxide deb ataladi. U energiyani kam iste’mol qiladi. Samsung HMO displeylarini ommaviy ishlab chiqarishga tayyor. Shuning uchun Apple bu texnologiyani kutganidan ham erta qo‘llashi mumkin.