Yangiliklar

Emre Kiviljim va Yulduz Rajabova to‘y taklifnomalarini tarqatishni boshladi

«Mendirman Jaloliddin» serialida bosh rollarni ijro etgan aktyorlarning tez orada oila qurishi kutilmoqda
Ekran tasviri

Turk aktyori Emre Kiviljim va o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova to‘y arafasida ekanligi aytilmoqda. Juftlik nikoh marosimi uchun yaqinlariga taklifnomalar yuborishni boshlagan.

Tarqalgan videolarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva ushbu voqea haqida o‘z fikrini bildirgan.

«Quvonchli xabar bilan bo‘lishmoqchiman. «Mendirman Jaloliddin» filmidagi farzandlarim Emre va Yulduz nihoyat turmush qurmoqda», — dedi aktrisa.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/04/3883732325006455703.mp4

Shuningdek, Ra’no Shodiyeva ikki ijodkor o‘rtasidagi munosabatlar serialni tasvirga olish jarayonlarida shakllanganini ta’kidlagan.

«Bu muhabbat bizning ko‘z o‘ngimizda paydo bo‘ldi va biz katta oiladek ular uchun qayg‘urib keldik. Endi esa xotirjam nafas oldim, chunki yaqin orada yoshlarning baxtidan quvonib, to‘ylarida raqsga tushaman», — deya qo‘shimcha qildi aktrisa.

Foto: IMDb

Ma’lumot o‘rnida, Emre Kiviljim va Yulduz Rajabova o‘zbek-turk ijodkorlari hamkorligida suratga olingan «Mendirman Jaloliddin» tarixiy serialining tasvirga olish maydonchasida tanishgan. Ushbu loyihada Emre Kiviljim Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori Jaloliddin Manguberdi rolini, Yulduz Rajabova esa uning sevimli rafiqasi Qutlibeka obrazini gavdalantirgan.

Foto: Mendirman Jaloliddin

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «The Boys» yulduzlari Jek Kueyd va Klaudiya Dumit turmush qurgani haqida xabar bergan edi.