
OnePlus va Realme brendlari yagona ishlab chiqish markazini tashkil etib, brend boshqaruvini qayta tuzdi. Bu haqda Weibo ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, OnePlus va Realme kompaniyalarida ichki tuzilma yangilanib, mahsulot ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish yo‘nalishlarini birlashtirgan markaz tashkil etilgan. Ushbu markaz Xitoy va xalqaro bozorlar uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi bo‘linmalarni o‘z ichiga oladi.
Yangi tuzilgan markaz yagona rahbariyat ostida faoliyat yuritadi. Unga Li Tszye boshchilik qiladi va u Liu Tszuohuga bo‘ysunadi. Shuningdek, Realme’ning sobiq vitse-prezidenti Van Vey mahsulot ishlab chiqish va ishlab chiqarish markazi bosh direktor o‘rinbosari etib tayinlangan bo‘lib, u ham Li Tszye rahbarligida ishlaydi.
Bundan tashqari, biznesni rivojlantirish bo‘limi ham tashkil etilgan bo‘lib, unga Li Binchjun rahbarlik qilishi belgilandi. Xu Si esa OnePlus va Realme brendlarining marketing hamda servis tizimlari uchun mas’ul etib tayinlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, OnePlus va Realme Oplus (avvalgi BBK) xoldingiga tegishli hamkor brendlar bo‘lib, OPPO boshqaruvi ostida faoliyat yuritadi. Ular ishlab chiqarish quvvatlari va texnologiyalarni birgalikda foydalanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Realme C100 4G smartfoni qanday narxda taqim etilgan edi.