Yangiliklar

Xiaomi 990 ot kuchiga ega YU7 GT krossoverni namoyish etdi

Avtomobilning dizayni agressiv aerodinamika elementlarini o‘z ichiga oladi
Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangi YU7 GT yo‘ltanlamas avtomobilining rasmiy suratlarini e’lon qildi. Yangi avtomobil, may oyining oxirida rasman taqdim etilishi kutilmoqda. Bu haqda CarNewsChina xabar berdi.

Foto: Xiaomi

Xiaomi Auto bayonotiga ko‘ra, YU7 GT yuqori tezlikda harakatlanish va uzoq masofalarga sayohat qilish uchun mo‘ljallangan yo‘ltanlamasidir. Xiaomi kompaniyasining da’vo qilishicha, SUV quvvati 990 ot kuchigacha yetadi, maksimal tezligi soatiga 300 kilometrni tashkil qiladi va CLTC bo‘yicha elektr zaxirasi 705 kilometrni o‘z ichiga oladi.

Kompaniya YU7 GT uchun yangi Track Red interyer mavzusini taqdim etdi, unda maxsus GT yozuvlari bilan qizil va qora ikki rangli salon mavjud. Xiaomi hali YU7 GT uchun to‘liq texnik xususiyatlar, akkumulyator tafsilotlari yoki narxlarni oshkor qilmagan.

Xitoyning EV DataTracker ma’lumotlariga ko‘ra, standart Xiaomi YU7 2026-yil aprel oyida Xitoyda 9,8ming ta sotilgan. Oylik savdolar mart oyiga nisbatan 27,2 foizga kamaydi. Avvalgi oylik savdolar 2025-yil dekabrida 39 ming ta, joriy yilning yanvar oyida esa 37,8 ming donani tashkil etgan.

YU7 qatori ilk bor Xitoy bozoriga 2025-yil iyun oyida kirdi. Mahalliy oylik savdolar 2026-yilning fevral va mart oylarida 20 ming donadan oshdi va aprel oyida 10 ming donadan pastga tushdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi YU7 GT krossoveri ko‘chalarda ko‘rinish bergani haqida xabar bergan edi.