Lifestyle

Jaloliddin tug‘ib beradi, Xudo xohlasa — Madaniyat vaziri Yulduz Rajabova va Emre Kiviljimni tabrikladi

15-may kuni
Madaniyat vaziri Yulduz Rajabova va Emre Kiviljimni tabrikladi
Foto: Instagram

Avvalroq 15-may kuni Toshkentda o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova va turk aktyori Emre Kiviljimning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi.

To‘y marosimida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham ishtirok etdi. U yangi oila qurayotgan juftlikni tabriklar ekan, hazil aralash iliq tilak bildirdi.

«Bu bir necha yillar oldin mana shu kunlarni niyat qiluvdik, yetkazdi Xudo. Yana bir niyat qilamiz, Jaloliddin tug‘ib beradi, Xudo xohlasa», – dedi vazir.

Shuningdek, Nazarbekov marosimda «Mendirman Jaloliddin» tarixiy serialining mashhur saundtreki «Mendirman» qo‘shig‘ini serial aktyorlari bilan birga ijro etdi.

Ma’lumot o‘rnida, Emre Kiviljim va Yulduz Rajabova o‘zbek – turk ijodkorlari hamkorligida suratga olingan «Mendirman Jaloliddin» tarixiy serialining tasvirga olish maydonchasida tanishgan. Ushbu loyihada Emre Kiviljim Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori Jaloliddin Manguberdi rolini, Yulduz Rajabova esa uning sevimli rafiqasi Qutlibeka obrazini gavdalantirgan.

Avvalroq Emre Kiviljim va Yulduz Rajabova to‘y taklifnomalarini tarqatishni boshlagani haqida xabar berilgandi. Tarqalgan videolarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva ushbu voqea haqida o‘z fikrini bildirgan.