
O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetib, 9 yoshga yuqoriladi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 1991-yilda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 66,4 yosh bo‘lgan. Keyingi yillarda ushbu ko‘rsatkich izchil o‘sib, 1995-yilda 69,1 yoshga, 2000-yilda 70,8 yoshga, 2005-yilda 71,8 yoshga, 2010-yilda 73 yoshga, 2015-yilda 73,6 yoshga yetgan. 2020-yilda bu ko‘rsatkich 73,4 yoshni tashkil etgan.
So‘nggi yillarda ham ijobiy o‘sish davom etgan. Xususan, 2024-yilda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil qilgan bo‘lsa, 2025-yilda u yana 0,3 yoshga oshib, 75,4 yoshga yetgan.
Ma’lumot uchun, 2026-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonda doimiy aholi soni 38 382 685 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshgani haqida xabar bergan edik.