
Amerikalik xonanda Teylor Svift Nyu-York rahbariyatiga shaharning markaziy qismida to‘y marosimini o‘tkazishga ruxsat olish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida $160 ming to‘ladi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.
Shahar meri Zoxran Mamdanining ta’kidlashicha, to‘langan summa tadbir davomida politsiya xodimlarining qo‘shimcha ishlagan soatlari uchun qilingan xarajatlarni ham o‘z ichiga oladi. Tadbirni o‘tkazish bo‘yicha yakuniy ruxsatnoma marosimdan atigi bir necha kun oldin berilgan.

AQShda yirik xususiy tadbirlar uchun ko‘chalarni yopish va qo‘shimcha shahar xizmatlarini jalb qilish talab etilganda, ma’muriyatning tashkilotchilarga xarajatlar hisobini taqdim etishi standart amaliyot hisoblanadi.

Teylor Svift va Milliy futbol ligasi yulduzi Trevis Kelsi Manxettendagi Medison skver garden majmuasida turmush qurdi. Marosimda ko‘plab taniqli aktyorlar, musiqachilar va sportchilar ishtirok etgan.
Avvalroq Kursiv nashri Teylor Svift sun’iy intellektdan himoyalanish uchun o‘z ovozini patentlayotgani haqida xabar bergan edi.