Yangiliklar

Toshkent – Bekobod elektropoyezdi qaysi vaqtlarda qatnaydi — jadval

Chipta narxi kattalar uchun 15 ming so‘m
Toshkent – Bekobod elektropoyezdi qaysi vaqtlarda qatnaydi / Foto: President.uz

18-iyuldan Toshkent – Bekobod – Toshkent yo‘nalishidagi shaharlararo elektropoyezdi yangi zamonaviy tarkib bilan harakatlanishni boshlaydi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ qatnov elektropoyezdlarning harakat jadvalini e’lon qildi.

7050-sonli «Toshkent – Bekobod» elektropoyezdi harakat jadvali:

7049-sonli «Bekobod – Toshkent» elektropoyezdi harakat jadvali:

BekatVaqt
Toshkent Markaziy vokzali18:34
Toshkent Janubiy vokzali18:42 – 18:44
Rahimova18:50 – 18:51
O‘zbekiston19:03 – 19:05
Yangiyo‘l19:12 – 19:14
Chinoz19:36 – 19:38
Sirdaryo19:52 – 19:54
Guliston20:20 – 20:22
Yangiyer20:41 – 20:43
Xovos21:00 – 21:02
Farhod21:21 – 21:23
Bekobod21:38
BekatVaqt
Bekobod06:00
Farhod06:15 – 06:17
Xovos06:36 – 06:38
Yangiyer06:55 – 06:57
Guliston07:17 – 07:19
Sirdaryo07:45 – 07:47
Chinoz08:01 – 08:03
Yangiyo‘l08:25 – 08:27
O‘zbekiston08:34 – 08:36
Rahimova08:48 – 08:50
Toshkent Janubiy vokzali08:56 – 09:08
Toshkent Markaziy vokzali09:16
Foto: President.uz

Yangi elektropoyezd konditsioner tizimi, USB quvvatlantirish portlari, zamonaviy va qulay o‘rindiqlar, videokuzatuv hamda audio-axborot tizimi bilan jihozlangan. Shuningdek, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun maxsus chiqish-tushish moslamalari va alohida o‘rindiqlar ham mavjud.

Chipta narxlari

Mazkur yo‘nalishda kattalar uchun chipta narxi 15 ming so‘m, bolalar uchun esa 9 ming so‘m etib belgilangan. Chiptalarni temir yo‘l kassalari hamda e-ticket.railway.uz elektron platformasi orqali xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tomchi – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar boshlangani haqida yozgan edik.