Dollar qulamoqda: 15-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

15-sentabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 0,55 so‘mga tushib, 11 765,21 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
8-sentabrda 4,03 so‘mga oshib, 11 789,33 so‘m, 9-sentabrda esa 23,88 so‘mga oshib, 11 813,21 so‘m, 10-sentabr kuni 15,29 so‘mga tushib, 11 797,92 so‘m bo‘lgan edi. 11-sentabr kuni 14,45 so‘mga tushib, 11 783,47 so‘mni, 14-sentabr kuni 17,71 so‘mga tushib, 11 765,76 so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, o‘qing: Dollar kursi hafta davomida qanday o‘zgardi
Yevro kursida tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 52,41 so‘mga tushib, 13 586,46 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli tushdi. Rubl kursi 0,36 so‘mga tushib, 139,35 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq «Kursiv» 14-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.