Realme 16 Pro 5G Harry Potter Edition taqdim etildi

21-sentabr 2026 16:42 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Realme 16 Pro 5G Harry Potter Edition taqdim etildi
Foto: Realme

Realme kompaniyasi Hindiston va ayrim xalqaro bozorlarda Harry Potter olamiga bag‘ishlangan maxsus versiya – Realme 16 Pro 5G Harry Potter Edition smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.

Qurilma standart Realme 16 Pro 5G modeli asosida yaratilgan. Shu sababli asosiy texnik xususiyatlar o‘zgarmagan, farq asosan dizayn, dasturiy bezaklar va komplektdagi aksessuarlarda.

Narxi va xotira hajmi

Realme 16 Pro 5G Harry Potter Edition 12 GB tezkor va 256 GB ichki xotira bilan bitta konfiguratsiyada sotuvga chiqarilgan.

Foto: Realme

Hogwarts uslubidagi dizayn

Smartfonning orqa qismi jigarrang, charmga o‘xshash qoplamaga ega. Undagi rombsimon naqsh Wizard’s Chess mavzusidan ilhomlangan.

Korpus markaziga Hogwarts gerbi va Harry Potter yozuvi joylashtirilgan. Kamera bloki ham qayta ishlangan. U Hedwig – Harry Potterning boyo‘g‘lisiga o‘xshatib dizayn qilingan, kamera linzalari esa uning ko‘zlari vazifasini bajaradi.

Maxsus aksessuarlar ham bor

Qurilma maxsus kolleksion qadoqda yetkazib beriladi.

Komplektga Hogwartsga qabul xati, poyezd chiptasi, Hogwarts logotipli g‘ilof, SIM-karta slotini ochish uchun maxsus pin, qahramonlar tasvirlangan otkritkalar hamda Hogwarts fakultetlari gerblari tushirilgan xatcho‘plar kiradi.

Foto: Realme

Interfeys ham Harry Potter uslubida

Realme UI 7 interfeysi uchun alohida Harry Potter mavzusi tayyorlangan.

Unda Hogwarts gerblariga o‘xshash uch o‘lchamli ikonlar, maxsus fon rasmlari va qayta ishlangan ilova belgilaridan foydalanilgan. Masalan, Theme Store ilovasi Sorting Hat, kalkulyator esa Platform 9¾ ramzi bilan bezatilgan.

200 MP kamera va 144 Hz ekran

Realme 16 Pro 5G Harry Potter Edition 6,78 dyuymli LTPS OLED ekran bilan jihozlangan. Uning aniqligi 1272 × 2772 piksel, yangilanish chastotasi esa 144 Gtsni tashkil qiladi.

Asosiy kamera 200 MP aniqlikdagi HP5 sensoriga ega. Unga 8 MP ultra keng burchakli kamera hamrohlik qiladi. Old kamera esa 50 MP.

7000 mA/soat batareya

Smartfon MediaTek Dimensity 7300 Max 5G protsessorida ishlaydi. Qurilma Android 16 va Realme UI 7 bilan yetkazib beriladi. Batareya sig‘imi 7000 mA/soat bo‘lib, 80 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Avvalroq «Kursiv» Realme P4s 5G smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek