Yangi Toshkent aeroporti qurilishiga mahalliy korxonalar jalb qilinadi

eʼlon qilindi
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishida 120 dan ortiq mahalliy korxonalar qatnashishi mumki
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi
Foto: President.uz

Yangi Toshkent xalqaro aeroportini qurish loyihasiga mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va subpudratchilarni jalb qilish rejalashtirilmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda «Larsen & Toubro» kompaniyasi hamkorligida joriy yilning 3-oktabr kuni «Road Show» tadbiri tashkil etildi.

120 dan ortiq mahalliy korxonalar bilan muhokamalar o’tkazildi

«Road Show» da 120 dan ortiq mahalliy korxonalar vakillari ishtirok etdi. Ularga aeroport qurilishida talab qilinadigan mahsulot va xizmatlar, pudrat ishlari hamda texnik talablar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish imkoniyatlari va loyiha doirasida hamkorlik qilish yo‘nalishlari muhokama etildi.

Loyihaning birinchi bosqichiga $2,7 mlrd investitsiya yo‘naltiriladi

Yangi Toshkent xalqaro aeroportini Toshkent viloyatidagi 1 310 gektar maydonda qurish rejalashtirilgan. Aeroport hududida yuk terminali, havo harakatini boshqarish minorasi, samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish majmuasi, keytering obyektlari hamda navigatsiya va meteorologiya tizimlari qurilishi ham ko‘zda tutilgan.

Loyihaning birinchi bosqichiga $2,7 mlrd investitsiya yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan. Dastlab aeroport yiliga 20 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi, keyingi bosqichlarda esa bu ko‘rsatkich 46 mln nafargacha oshirilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq «Kursiv» Yangi Toshkent xalqaro aeroport qurilishi hududidagi yettita eski qabriston boshqa joyga ko‘chirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek