Dollar oshdi: 9-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

9-oktabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Dollar 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘mni tashkil etdi. Yangilangan kursni Markaziy bank o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
1-oktabr kuni esa 12,42 so‘mga tushib, 11 808,76 so‘m bo‘lgan edi. 3-oktabr kuni 35,81 so‘mga tushib, 11 772,95 so‘mni, 6-oktabr kuni 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘mni, 7-oktabr kuni 12,34 so‘mga oshib, 11 790,79 so‘mni tashkil qildi. 8-oktabr kuni 18,40 so‘mga oshib, 11 809,19 so‘mga tenglashdi.
Shuningdek, o‘qing: Dollar valyutasining kelajagi qanday — ekspert sharhi
Yevro kursida o‘sish kuzatildi. Yevropa valyutasi 34,69 so‘mga oshib, 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli ham oshdi. Rubl kursi 0,8 so‘mga oshib, 138,95 so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq «Kursiv» 8-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.