Termizda 16 yoshli bola onasining Cobalt’ini haydab, YTHga uchradi

eʼlon qilindi
Bolaning sinfdoshi halok bo‘ldi
Foto: YHXB

Termiz tumanida 16 yoshli maktab o‘quvchisi onasiga tegishli Cobalt avtomobilini katta tezlikda boshqarib, yo‘l o‘rtasidagi yoritish ustuniga urilgan. Mashinada bo‘lgan uning sinfdoshi voqea joyida vafot etgan, haydovchi esa jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

YTH 2026-yil 9-oktabrga o‘tar kechasi Termiz tumani hududida sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, 2010-yilda tug‘ilgan, Termiz shahridagi maktablardan birining 10-sinf o‘quvchisi onasiga tegishli Cobalt avtomobilini katta tezlikda boshqarib ketayotib, yo‘l o‘rtasidagi yoritish ustuniga urilgan.

Hodisa vaqtida avtomobilda o‘smirning sinfdosh do‘sti ham bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida u og‘ir jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Avtomobilni boshqargan 16 yoshli o‘smir esa shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Avvalroq Sirdaryo viloyatining Xovos tumanidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lida Chakman va Captiva rusumli avtomobillar to‘qnashishi oqibatida uch kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek