O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning Kongo Demokratik Respublikasi darvozasiga urgan goli FIFA tomonidan o‘tkazilgan Hyundai «Turnirning eng chiroyli goli» so‘rovnomasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Kabo-Verde futbolchisi Sidni Lopes Kabralning Argentinaga qarshi goli g‘olib deb topildi. Gaitilik Vilson Izidorning Marokash darvozasiga yo‘llagan kuchli zarbasi uchinchi o‘rinni…