O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning elektron hukumatlar rivojlanish darajasi bo‘yicha global reytingida 24 pog‘onaga yuqoriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning BMTning Davlat xizmati bo‘yicha Forumi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida qayd etildi.
Xalqaro ekspertlar ishtirokida «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Islohotlarning har bir xonadonga yetib borishini ta’minlash uchun «mahallabay» ishlash tizimi joriy etildi. Shu bilan birga, manzilli ijtimoiy ko‘mak va himoya tizimi mustahkamlandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ishtiroki 35 foizga yetdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston mintaqada yetakchi o‘ringa chiqdi.
Bugungi kunga kelib 700 dan ortiq davlat xizmatlari «yagona darcha» tamoyili asosida onlayn platformalar orqali ko‘rsatilmoqda. Raqamlashtirish jarayonlari natijasida O‘zbekiston...