Qozog‘iston dashtlarida eramizdan avvalgi 1600-yillarga oid Semiyarka yodgorligi topildi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yodgorlik «Yetti vodiy shahri» nomi bilan mashhur bo‘lib, uylar, markaziy monumental bino va ehtimol bronza metall ishlab chiqarish inshootlariga ega bo‘lgan.
Hudud 140 gektar maydonni egallab, Irtish vodiysiga qaraydi. Tadqiqotchilar sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, 1960-yillarga oid fotosuratlar va magnitometriya usulidan foydalangan holda yer ostidagi tuzilmalarni aniqladi. Shu paytgacha kamida 15 inshoot topilgan bo‘lib, ularning ba’zilari ichki xonali uylar bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Semiyarka Bronza davrida shahar hayoti va metall ishlab chiqarish markazi bo‘lgan. Tadqiqotlar davomida yodgorlik aholisining soni, yashash davomiyligi hamda boshqa...