Microsoft va Nvidia sun’iy intellekt sohasidagi asosiy raqobatchilardan biri bo‘lgan Anthropic bilan yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Ushbu kelishuv doirasida Claude modellarini yaratadigan Anthropic Microsoftning bulut xizmatlaridan foydalanish uchun $30 mlrdlik majburiyat oladi. Kompaniyalar ma’lumotiga ko‘ra, Nvidia Anthropic’ga $10 mlrdgacha, Microsoft esa $5 mlrdgacha mablag‘ yo‘naltiradi.
Yangi bitim orqali Anthropic Nvidia bilan chip va modellar samaradorligini oshirishga, bir gigavattgacha bo‘lgan hisoblash quvvatidan foydalanishga erishadi. Microsoft esa Azure AI Foundry orqali mijozlariga eng so‘nggi Claude modellarini taqdim etadi. Amazon esa har doimgidek Anthropic’ning asosiy bulut va trening hamkori bo‘lib qoladi.
Ma’lumot uchun, 2021-yilda sobiq...