JCH nimchorak final doirasidagi «Manchester Siti» – «Al Hilol» bahsi bo‘lib o‘tdi. Abduqodir Husanov o‘yinni zaxiradan boshladi.
Ushbu bahs «Manchester Siti» ustunligida boshlandi. Birinchi taymning 9-daqiqasida Bernardu Silva raqib darvozasini ishg‘ol etib hisobi ochdi.
Navbatdagi hujumlarning birida raqib darvozaboni Yassin Bunu super seyv ko‘rsatib jamoasini goldan saqlab qoldi.
Ikkinchi taym esa «Al Hilol» hujumlari bilan boshlandi. 46-daqiqada Markus Leonardo hisobni tenglashtirdi – 1:1.
52-daqiqada esa Malkom nominal mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Maydonning chap qanotidan qarshi hujumda raqib futbolchilaridan qochib ketib, Edersonni ojiz qoldirdi va to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.
O‘yinning 55-daqiqasida Erling Holland o‘rtadagi muvozanatni yo‘qqa chiqardi. Burchak zarbasidan...