GM kompaniyasi tomonidan AQSh bozori uchun yangi Chevrolet Blazer avtomobili taqdim etildi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.
Yangi Blazer’da komplektatsiyalar qayta ko‘rib chiqilgan. Xavfsizlik tizimlari kengaytirilib, dvigatel tanlovida ham o‘zgarishlar qilingan. Endi xaridorlar rasmiy onlayn konfigurator orqali mashinani o‘zlari xohlagancha jihozlab olishlari mumkin.
2026 Blazer qatori 2LT versiyasidan boshlanadi. Old g‘ildirakdan tortuvchi 2.0 L LSY turbobenzin dvigatelli versiya $36 mingdan boshlanadi. Bu o‘tgan yilgi narxdan $1 mingga arzon.
O‘rtadagi 3LT versiyasi esa $41,5 mingdan boshlanadi. 2026-yilda 3LT faqat 2.0 L LSY turbomotorda ishlab chiqariladi. Premier komplektatsiyasi ham butunlay chiqarib tashlangan. FWD konfiguratsiyali RS narxi $45 ming bo‘lib, o‘tgan...