15–16-avgustda 23 ta bankda valyuta ayirboshlash mumkin

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Aholi bank shoxobchalariga bormasdan ham valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin
Foto: www.depositphotos.com

15–16-avgust, shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistondagi 23 ta tijorat bankining ayrim valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat yuritadi. Mijozlar qaysi ofislar ishlashi va ularning ish vaqtini banklarning rasmiy sahifalarida tekshirishi mumkin.

Qaysi banklar ishlaydi

E’tibor bering, dam olish kunlari banklarning barcha shoxobchalari ishlamaydi. Quyida banklarning rasmiy sahifalariga havolalar berilgan — kerakli bank nomini bosib, 15–16-avgust kunlari faoliyat yuritadigan shoxobchalar manzili va ish vaqtini ko‘rish mumkin.

Dam olish kunlari Agrobank, APEX BANK, O‘zmilliybank, Tenge Bank, Hamkorbank, ANOR BANK, Garant bank va HAYOT BANKning ayrim shoxobchalarida tegishli xizmatlardan foydalanish mumkin.

Shuningdek, O‘zsanoatqurilishbank, Trastbank, Ipoteka-bank, InFinBank, Biznesni rivojlantirish banki, Ipak Yo‘li bank, Xalq banki va Orient Finans bank ham dam olish kunlari ayrim xizmat ko‘rsatish nuqtalarini ishga tushiradi.

Ro‘yxatdan Saderat Bank, Mikrokreditbank, Poytaxt Bank, Asakabank, ASIA ALLIANCE BANK, Kapitalbank va Turonbank ham o‘rin olgan.

Valyutani 24/7 ham ayirboshlash mumkin

Aholi bank shoxobchalariga bormasdan ham valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin. Buning uchun 24/7 rejimida ishlaydigan avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda tijorat banklarining mobil ilovalaridan foydalanish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan banklardan $500 gacha naqd chet el valyutasini pasport yoki ID-kartasiz sotib olish mumkinligi haqida xabar bergan edi. Yangi tartib 9-avgustdan kuchga kirgan bo‘lib, bungacha hujjatsiz valyuta xarid qilish limiti $100 edi.

Shuningdek, Kursiv Uzbekistan 17-avgust uchun belgilangan rasmiy valyuta kurslari haqida ham yozgan edi.

Shuningdek