Nashr haqida
Kursiv Media – 20 yillik tarixga ega xalqaro biznes nashri. Biz iqtisodiyot, moliya, siyosat hamda Markaziy Osiyo va jahonda roʻy berayotgan muhim voqealarni yoritamiz.
Cheksiz axborot oqimida bizni xolislik va yuz berayotgan voqealarga asoslangan qarashlar, shuningdek, professional tajriba va tahlil qilish ajratib turadi. Bizning ekspertlarimiz biznes egalari, kompaniya top-menejerlari, iqtisodchilar, moliyaviy tahlilchilar va turli soha professionallari hisoblanadi.
«Kursiv» professional jurnalistikaga tayangan holda biznes hamjamiyatining obyektiv va toʻliq kartinasini shakllantiradi. Biz axborot hodisalarini nafaqat qidiramiz, balki ularni yaratamiz. Nashr Oʻzbekistonda yirik tarmoqlarga oid biznes konferensiyalarini tashkillashtiruvchi, shuningdek, respublika va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida turli tadqiqotlar bilan shugʻullanuvchi yagona nashr hisoblanadi. Kursiv Research ma’lumotlari mavjud bizneslarga amaldagi kartinani koʻrishga, yangi boshlayotganlarga esa xavf va imkoniyatlarni toʻgʻri baholashga yordam beradi.
Bugungi kunda «Kursiv»ning Toshkent, Ostona va Olmaota shaharlarida ofislari mavjud. Nashr materiallarini rus, oʻzbek, qozoq va ingliz tillarida oʻqish mumkin.