2-noyabr kuni Özbekistonning aksariyat hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida esa ayrim joylarda yomğir yoğişi, baland toğlarda qorga aylanişi mumkin. Bu haqda Özgidromet ma’lum qildi.
Hududlarning katta qismida kunduzi havo 17–23 daraja iliq, janubda esa 27 darajagaça kötarilişi kutilmoqda.
Toşkent va markaziy hududlarda 22 darajagaça iliq
Toşkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi.
Keçasi harorat 5–10 daraja, kunduzi esa 17–22 daraja iliq böladi. Şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda şamol esadi.
Janubda harorat 27 darajagaça yetadi
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham yoğingarçilik kutilmaydi. Keçasi havo 7–12 daraja, kunduzi esa 22–27 daraja iliq böladi...