Özbekiston U-15 FIFA turnirida Markaziy Osiyoda eng yaxşi natijani qayd etdi

31-oktabr 2026 17:09 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Özbekiston U-15 FIFA turnirida Markaziy Osiyoda eng yaxşi natijani qayd etdi
Foto: ÖFA

Özbekiston U-15 terma jamoasi Bokuda ötkazilgan ilk FIFA U-15 World Cup & Festival turnirini 42-örinda yakunladi. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari orasidagi eng yuqori natija böldi.

Özbekistonlik yoş futbolçilar guruh bosqiçida qöşni Qozoğiston terma jamoasini ham 2:0 hisobida mağlub etdi.

Özbekiston Qozoğistonni 2:0 hisobida yengdi

Markaziy Osiyo vakillari örtasidagi uçraşuvda Özbekiston U-15 terma jamoasi Qozoğiston ustidan 2:0 hisobida ğalaba qozondi.

Özbekiston safida Javohirbek Erkinov 28-daqiqada hisobni oçdi. 34-daqiqada esa Roman Ayzattulov ikkinçi golni kiritib, jamoaning ustunligini mustahkamladi.

Qozoğiston terma jamoasi turnirni 85-örinda yakunladi. Uning sönggi uçraşuvi Mozambikka qarşi keçib, qozoğistonliklar 4:1 hisobida ğalaba qozondi.

Foto: ÖFA

Markaziy Osiyoda Özbekiston yetakçi böldi

Turnirning umumiy natijalariga köra, Markaziy Osiyo terma jamoalari orasida Özbekiston eng yuqori – 42-örinni egalladi.

Qirğiziston 52-örin, Qozoğiston 85-örin, Tojikiston 97-örin va Turkmaniston 121-örin bilan musobaqani yakunladi. Özbekiston U-15 terma jamoasi mintaqa vakillari orasida eng yaxşi körsatkiçni qayd etdi.

Turnirda 189 ta assotsiatsiya vakillari qatnaşdi

Ilk FIFA U-15 World Cup & Festival Ozarbayjon poytaxti Bokuda 24 – 30-oktabr kunlari ötkazildi. Musobaqa 15 yoşgaça bölgan futbolçilar uçun taşkil etilib, unda FIFAga a’zo 189 ta milliy assotsiatsiya vakillari qatnaşdi.

Uçraşuvlar odatiy 11×11 formatida emas, 8×8 formatida ötkazildi. Har bir bahs 20 daqiqadan ikki bölimdan iborat böldi.

Turnir yoş futbolçilarga xalqaro tajriba orttiriş va turli futbol maktablari vakillari bilan bellaşiş imkonini berişga qaratilgan.

Eslatib ötamiz, «Kursiv» Abduqodir Husanov 2026/27-yilgi Angliya Premyer-ligasi mavsumida «Mançester Siti» safida hozirgaça 373 daqiqa maydonda harakat qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek