
Honor Xitoyda Honor Win 2 Delta Force Professional League Edition öyin smartfoniga oldindan buyurtmalarni qabul qilişni boşladi. Maxsus versiya Delta Force professional ligasi bilan hamkorlikda yaratilgan.
Smartfon faqat bitta konfiguratsiyada — 16 GB tezkor va 512 GB içki xotira bilan taklif qilinadi. Qurilmaning narxi hozirça e’lon qilinmagan, töliq savdolar esa 27-noyabrdan boşlanişi rejalaştirilgan.
Maxsus dizayn olgan
Honor Win 2 Delta Force yaşil rangli orqa panel va tematik dizayn bilan ajralib turadi. Korpusda Honor hamda Delta Force Fiery Professional League logotiplari joylaştirilgan.
Modelning texnik asosini odatiy Honor Win 2 platformasi taşkil etadi.
2K ekran va 185 Hz yangilaniş çastotasi
Smartfon 2K aniqlikdagi displey bilan jihozlangan bölib, ekran yangilaniş çastotasi 185 Hzgaça yetadi. Ekran ramkalari qalinligi 0,93 mm ekani aytilmoqda. Sensorli boşqaruvni qayta işlaş uçun alohida Win Touç çipi ham qöllanilgan.
Qurilma 2 nm texnologik jarayonda işlab çiqarilgan Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 platformasiga asoslangan. Protsessor yadrolari çastotasi 5,01 GGs gaça yetadi.
Ikki ventilyatorli sovitiş tizimi bor
Uzoq davom etadigan öyin yuklamalarida haroratni nazorat qiliş uçun smartfon ikki ventilyatorli faol sovitiş tizimiga ega.
Şunga qaramay, qurilma suv va çangdan IP68, IP69 va IP69K standartlari böyiça himoyalangan.
Korpus mat metall ramkadan tayyorlangan. USB 3.2 porti atrofida WIN Energy Ring nomli yoruğlik halqasi joylaştirilgan bölib, u 40 dan ortiq effektni, jumladan öyin voqealariga boğliq animatsiyalarni körsata oladi.
Batareyasi 10 100 mA/soat
Honor Win 2’ning eng muhim jihatlaridan biri — 10 100 mA/soat siğimli batareya. Smartfon 100 Vt simli va 80 Vt simsiz quvvatlaşni qöllab-quvvatlaydi.
Asosiy modelning kamera tizimida 200 MP sensor qöllanilişi, şuningdek, qurilma öyin smartfoni sifatida yuqori unumdorlik va uzoq avtonom işlaşga urğu berişi kutilmoqda.
Honor Win 2 Delta Force Professional League Edition’ning aniq narxi savdolar boşlanişidan oldin e’lon qilinişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Honor X8e 4G 108 MP kamera bilan çiqqani haqida yozgan edi.