
2027-yilgi Chevrolet Suburban uç xil dvigatel bilan taklif qilinadi va eng kuçli konfiguratsiyada 3 720 kg gaça tirkama torta oladi. Modelning maksimal tortiş imkoniyati 5,3 litrli V8 benzin dvigateli, orqa ğildirakdan tortiş tizimi va Max Trailering Package bilan ta’minlanadi.
Yangi model oldingi yilgi versiyaga nisbatan, asosan, komplektatsiyalar qatori va kuzov ranglaridagi kiçik özgarişlar bilan yangilangan.
Eng yuqori körsatkiç 5,3 litrli V8’da
5,3 litrli atmosfera V8 L84 dvigateli bilan jihozlangan orqa ğildirakdan tortuvçi Chevrolet Suburban standart holatda 3 493 kg, Max Trailering Package bilan esa 3 720 kg tirkama torta oladi.
Töliq ğildirakdan tortuvçi versiyada bu körsatkiç mos ravişda 3 402 kg va 3 629 kg ni taşkil etadi.
6,2 litrli V8’da 3,6 tonnagaça
6,2 litrli V8 L87 benzin dvigateli bilan jihozlangan 2WD versiya standart holatda 3 402 kg, Max Trailering Package bilan 3 629 kg yuk torta oladi.
4WD versiyada körsatkiç 3 311 kg dan boşlanadi va qöşimça paket bilan 3 538 kg gaça yetadi.
Dizel versiya paketsiz ham yuqori natija körsatadi
3,0 litrli olti silindrli LZ0 Duramax turbodizel dvigateli bilan jihozlangan Chevrolet Suburban 2WD versiyada 3 674 kg, 4WD variantida esa 3 538 kg tirkama tortişi mumkin.
Bunda Max Trailering Package dizel versiyaning maksimal tortiş imkoniyatini oşirmaydi.
Uç xil dvigatel taklif qilinadi
2027-yilgi Chevrolet Suburban quyidagi kuç agregatlari bilan taklif etiladi: 5,3 litrli V8 L84, 6,2 litrli V8 L87 hamda 3,0 litrli I6 LZ0 Duramax turbodizel.
Model avvalgidek GM T1 platformasida işlab çiqariladi. Chevrolet Suburban AQŞning Texas ştatidagi Arlington Assembly zavodida yiğiladi.
Işlab çiqaruvçi yangi avtomobilda tirkama tortişni boşlaşdan oldin standart moslaşuv davridan ötişni tavsiya qiladi. Şuningdek, tirkama tortiş vaqtida ayrim yordamçi xavfsizlik tizimlarini öçirib qöyiş talab etilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Chevrolet Equinox 30 ming dollardan arzon sotilayotgani haqida yozgan edi.