Toşkentda haydovçilik guvohnomasini noqonuniy olib berişni va’da qilganlar uşlandi

Toşkent şahrida haydovçilik guvohnomasi va unga oid hujjatlarni noqonuniy tartibda olib berişni va’da qilgan bir neça şaxs uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti ma’lum qildi.
Tezkor tadbirlar poytaxtning Yaşnobod va Şayxontohur tumanlarida, şuningdek, Departamentning Toşkent şahar boşqarmasi tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda ötkazilgan.
Ikki kişiga guvohnoma olib beriş uçun $4 ming söralgan
Yaşnobod tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda bir şaxs ikki kişiga haydovçilik guvohnomasini olib berişni va’da qilgan.
U göyoki yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali masalani hal etib beriş evaziga jami $4 ming talab qilgan. Şundan $2 mingni bönak sifatida olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Öquv kursida öqimasdan hujjat rasmiylaştirişga $3,5 ming söralgan
Yana bir holatda fuqaro haydovçilik öquv kurslarida öqimasdan turib, guvohnoma rasmiylaştiriş va tegişli sertifikatlarni olib berişni va’da qilgan.
U bu masalani öquv kursi va boşqa idoralarda işlovçi tanişlari orqali hal qilib beriş evaziga $3,5 ming olgan vaqtida uşlangan.
Sertifikat va tibbiy ma’lumotnoma uçun 12 mln söm olingan
Şayxontohur tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda esa yana bir şaxs haydovçilik guvohnomasi oliş uçun zarur bölgan öqiganlik haqidagi sertifikat va 083-sonli tibbiy ma’lumotnomani olib berişni va’da qilgan.
U göyoki yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali masalani hal etiş evaziga 12 mln söm olgan vaqtida uşlangan.
Jinoyat işlari qözğatildi
Departament ma’lumotiga köra, mazkur holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Buxoroda sifatsiz Ai-92 sotgan AYOQŞlarga jarima qöllanilgani haqida yozgan edi.