Miroboddagi quriliş binosida yonğin çiqdi

31-oktabr kuni keçqurun Toşkent şahrining Mirobod tumanidagi yangi qurilayotgan binoda yonğin sodir böldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tuşmagan.
Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi ma’lumotiga köra, yonğin Avliyo ota köçasidagi quriliş obyektining pastki qismida yuzaga kelgan.
Yonğin haqida xabar soat 23:31 da kelib tuşgan
Yonğin haqida 31-oktabr kuni soat 23:31 da xabar berilgan. Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, vaziyatni nazoratga olgan. Yonğin soat 01:05 da qurşab olingan, soat 01:44 da esa töliq öçirilgan.
Jabrlanganlar haqida ma’lumot yöq
FVV ma’lumotiga köra, hodisa natijasida tan jarohati olganlar haqida xabar kelib tuşmagan. Hozirda yonğinning kelib çiqiş sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Ohangaronda toğda adaşib qolgan beş kişi qutqarilgani haqida yozgan edi.