Ronaldu Toşkentga kelmadi: «Al-Nassr» «Paxtakor»ga qarşi usiz öynaydi

1-noyabr 2026 08:49 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Ronaldu Toşkentga kelmadi: «Al-Nassr» «Paxtakor»ga qarşi usiz öynaydi
Foto: ÖFA

Saudiya Arabistonining «Al-Nassr» klubi OFK Çempionlar ligasi Elit turniri doirasidagi «Paxtakor»ga qarşi uçraşuv uçun Toşkentga yetib keldi. Biroq jamoa sardori Kriştianu Ronaldu Özbekistonga kelgan delegatsiya tarkibida yöq.

«Paxtakor» va «Al-Nassr» uçraşuvi 2-noyabr kuni Toşkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bölib ötadi. Öyin soat 18:45 da boşlanadi. Bu ma’lumot «Paxtakor» klubining rasmiy taqvimida ham körsatilgan.

Ronaldu bilan yana ikki futbolçi Toşkentga kelmadi

Saudiya Arabistonining Arriyadiyah naşriga tayanilgan xabarlarga köra, «Al-Nassr» boş murabbiyi Ange Postekoglu Ronaldu bilan birga himoyaçi Muhammad Simakan va qanot hujumçisi Kingsli Komanni ham Toşkent safari uçun tarkibga kiritmagan.

Koman avvalroq «Neftçi»ga qarşi uçraşuvda jarohat olgan, keyinçalik umumiy guruh maşğulotlariga qaytgan edi. Simakan ham jarohatidan tiklangani haqida xabarlar berilgan. Şunga qaramay, ikkala futbolçi ham Toşkentga kelmagan.

Ronaldu nima sababdan tarkibga kiritilmagani böyiça klub hozirça alohida rasmiy izoh bermagan.

«Al-Nassr» yoş futbolçilarni tarkibga qöşdi

Toşkentdagi uçraşuv uçun «Al-Nassr» tarkibiga 18 yoşli hujumçi Abdurahmon Sufyoniy, darvozabonlar Abdulhodi al-Alvon va Abdurahmon al-Utaybiy, şuningdek, Rakan al-Ğomidiy hamda Avvad Aman qöşilgan.

Bu esa Postekoglu «Paxtakor»ga qarşi bahsda tarkibda ma’lum darajada rotatsiya qilişini körsatmoqda.

Ronaldu Özbekiston klubiga qarşi gol urgandi

Ronaldu joriy OFK Çempionlar ligasi Elit mavsumida boşqa bir Özbekiston klubi — Farğonaning «Neftçi» jamoasiga qarşi maydonga tuşgan.

12-oktabr kuni Ar-Riyodda ötgan uçraşuvda «Al-Nassr» «Neftçi»ni 3:1 hisobida mağlub etgan, Ronaldu esa jamoasining ikkinçi golini urgan edi.

Portugaliyalik futbolçi Saudiya çempionatidagi sönggi uçraşuvda ham yuqori natija qayd etdi. U «Al-Xulud»ga qarşi 5:3 hisobida yakunlangan bahsda xet-trik qayd etdi.

«Paxtakor» hali ilk ğalabasini izlamoqda

«Paxtakor» Elit Çempionlar ligasining dastlabki ikki uçraşuvida durang qayd etgan, uçinçi turda esa Iroqning «Air Force» jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. OFK ma’lumotiga köra, Toşkent klubi musobaqadagi ilk ğalabasini hali qölga kiritmagan.

«Al-Nassr» esa turnirda hozirça bir ğalaba va bir mağlubiyat bilan 3 oçko jamğargan. Saudiya klubining «Al-Vasl»ga qarşi uçinçi tur uçraşuvi OFK tomonidan boşqa muddatga qoldirilgan.

Şu sabab «Paxtakor»ga qarşi bahs turnir taqvimi böyiça 4-tur uçraşuvi hisoblansa-da, «Al-Nassr» uçun Elit Çempionlar ligasidagi uçinçi öyin böladi.

«Al-Nassr» öyindan keyin Saudiya Arabistoniga yöl oladi

Toşkentdagi bahsdan söng «Al-Nassr» Saudiya Arabistonining Al-Qasim mintaqasiga yöl olişi rejalaştirilgan. Klub 6-noyabr kuni mamlakat çempionati doirasida «Al-Hazm»ga qarşi navbatdagi uçraşuvini ötkazadi.

Avvalroq «Kursiv» Ronaldu «An-Nasr»ning uluşdoriga aylanişi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek