Britaniyaning Jaguar kompaniyasi 1000 ot kuchidan yuqori quvvatga ega yangi Type 01 elektromobilini namoyish qildi. Mashina orqa oynasining yo‘qligi, 400 milgacha yurish masofasi va 130 ming funtdan boshlanuvchi narxi bilan e’tibor tortmoqda. Bu haqda kompaniyaning rasmiy ma’lumotlarida xabar berildi.
Orqa oyna o‘rniga kamera
Type 01’ning eng noodatiy jihatlaridan biri – avtomobilda an’anaviy orqa oyna yo‘q. Uning o‘rniga orqa tomonni ko‘rsatuvchi kamera va salon ichidagi raqamli ekran ishlatiladi. Jaguar buni avtomobil dizaynini yanada yaxlit qilish imkonini beruvchi texnologiya sifatida taqdim etmoqda.
Avtomobil to‘rtta eshikli grand-turer bo‘lib, 23 dyuymli g‘ildiraklar, 24 dyuymli OLED displey va premium interyer bilan...