Davlat oliygohlari reyting asosida moliyaviy rağbatlantirilişi mumkin

Özbekistonda davlat oliy ta’lim taşkilotlarini milliy reytingdagi natijalariga qarab moliyaviy rağbatlantiriş taklif qilinmoqda. Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi tayyorlagan loyiha tasdiqlansa, yangi tizim 2027-yil 1-yanvardan işga tuşadi.
Loyihaga köra, milliy reytingda har bir toifaga kiruvçi oliy ta’lim taşkilotlari natijalariga qarab üç darajaga bölinadi.
Har bir toifadagi eng yuqori natija körsatgan oliygohlarning 20 foizi birinçi darajaga, keyingi 40 foizi ikkinçi darajaga, qolgan 40 foizi uçinçi darajaga kiritiladi.
Davlat oliy ta’lim taşkilotlari aynan şu darajalarga qarab moliyaviy rağbatlantirilişi közda tutilgan.
Ajratilgan mablağni oliygohning özi sarflaydi
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliygohlariga rağbat puli davlat granti asosida ta’lim olayotgan bir talabani öqitişni moliyalaştiriş miqdoriga nisbatan hisoblanadi.
An’anaviy tartibda moliyalaştiriladigan davlat oliygohlarida esa Davlat budjetidan xarajatlarni qoplaş uçun ajratiladigan mablağlar asos qilib olinadi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi yakuniy reyting e’lon qilinganidan keyin 15 iş kuni içida tegishli mablağlarni oliygohlarning ğazna hisobvaraqlariga ötkazişi rejalashtirilgan.
Rağbat sifatida ajratilgan mablağlarni qayerga sarflaşni esa oliy ta’lim taşkilotining özi hal qiladi.
«Bitiruvçi sifati indeksi» joriy etiladi
Loyihada bitiruvçilarning bandligi, işga joylaşiş muddati va örtaça daromadini alohida baholaş örniga «Bitiruvçi sifati indeksi»ni joriy etiş taklif qilingan.
Mazkur indikator amaliy va tibbiyot fanlari yönalişidagi oliygohlarda 20 ball, ijtimoiy-gumanitar fanlarda 25 ball, ijod va sport yönalişlarida esa 40 ballgaça baholanişi mumkin.
İş beruvçilar orasida bitiruvçilarning nufuzi ham alohida indikator sifatida saqlanadi va umummilliy sörovnoma asosida aniqlanadi.
Ma’lumot topşiriş muddati 1-iyunga köçiriladi
Amaldagi tartibdagi muddatni özgartirib, oliy ta’lim taşkilotlari reyting uçun zarur ma’lumotlarni keyingi yilning 1-iyuniga qadar maxsus platformaga kiritişi taklif qilinmoqda.
Agentlik fevral–may oylarida talabalar, professor-öqituvçilar va iş beruvçilar orasida umummilliy sörovnoma ötkazadi. Şuningdek, xalqaro obröni baholaşga qaratilgan sörovnoma ham ötkaziladi.
Yig‘ilgan ma’lumotlar 1-sentabrga qadar tahlil va verifikatsiyadan ötkaziladi, reyting ballari esa 1-oktabrga qadar oliygohlarga yuboriladi. Yakuniy natijalarni 1-noyabrga qadar e’lon qiliş közda tutilgan.
TOP-1000 oliygohlar uçun alohida reyting bölişi mumkin
THE, QS va ARWU xalqaro reytinglarining TOP-1000 taligiga kirgan Özbekiston oliy ta’lim taşkilotlari uçun milliy reytingni alohida yuritiş taklif etilgan.
Bunda xalqaro reytinglarning fan sohalari böyiça tuziladigan alohida reytinglari hisobga olinmaydi.
Şuningdek, milliy reytingda qatnaşadigan oliy ta’lim taşkiloti kamida üç yil faoliyat yuritgan va bakalavr bitiruvçilariga ega bölişi kerak. Oliy harbiy va harbiylaştirilgan ta’lim muassasalari bu tartibga kirmaydi.
Professor-öqituvçilar sonini hisoblaş tartibi özgaradi
2027-yildan professor-öqituvçilar sonini aniqlashda xodimlarning oddiy soni emas, balki ularning jami iş stavkalari yiğindisidan foydalaniş taklif etilmoqda.
Hozirça mazkur loyiha 31-oktabrga qadar jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan. Hujjat tasdiqlansa, oliy ta’lim taşkilotlarini milliy reyting natijalari asosida moliyaviy rağbatlantiriş tizimi 2027-yil 1-yanvardan qöllanila bošlaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qarşi davlat universitetida 1,3 mingdan ortiq yangi yotoqxona örni yaratilgani haqida xabar berilgandi.