Respublika böylab 3 mingdan ortiq gaz balloni noqonuniy muomaladan olindi

eʼlon qilindi
19–21-oktabr kunlari
Oshxona va restoranlarda suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalanish cheklanadi
Foto: depositphotos

19–21-oktabr kunlari Özbekiston böylab suyultirilgan gaz bilan boğliq 120 dan ortiq qonunbuzarlik holati aniqlandi. Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotiga köra, şundan 39 ta holatda gaz ta’minoti idoralari xodimlarining bevosita aloqadorligi qayd etilgan.

Reydlar Davlat xavfsizlik xizmati, İçki işlar vazirligi, Boş prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va «Özenergoinspeksiya» xodimlari hamkorligida ötkazilgan.

Tadbirlar davomida noqonuniy muomalada bölgan 3 mingdan ziyod gaz balloni hamda ularda saqlanayotgan 13 636 kg suyultirilgan gaz aşyoviy dalil sifatida olingan.

Jizzaxda 239 ta ballon aniqlandi

Jizzax viloyatida jami 9 ta holatda 239 ta gaz balloni noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan.

Jumladan, Zomin tumangaz ta’minot bölimida avval yuqori lavozimlardan birida işlagan şaxs qarindoşiga tegishli xonadonda 152 ta gaz ballonini saqlab kelgani ma’lum qilingan.

Sirdaryo viloyatida esa Xovos tumangaz bölimi mansabdorlaridan birining uyidan hujjatsiz saqlanayotgan 30 ta gaz balloni olingan.

Samarqandda 3 ta ballon 2,5 mln sömga sotilayotgan bölgan

Samarqand viloyatining Urgut tumanida gaz töldiriş şoxobçasi qorovuli gaz bilan töldirilgan 3 ta ballonni 2,5 mln sömga sotayotgan vaqtda uşlangan.

Pastdarğom tumanida esa bir fuqaroning uyidan gaz bilan töldirilgan 22 ta ballon topilgan. DXX ma’lumotiga köra, u ballonlarni tumangaz bölimi haydovçisidan 70 ming sömdan sotib olib, 100 ming sömdan qayta sotgan.

Farg‘ona va Surxondaryoda ham holatlar aniqlandi

Farg‘ona viloyatida Qöştepa tumangaz bölimi muhandisi va çilangari aholi uçun möljallangan 8 ta gaz ballonini öz uylarida sotish uçun saqlab kelgani aniqlangan.

Surxondaryo viloyatida esa jami 65 ta gaz balloni noqonuniy saqlovda bölgan. Bandixon tumanida 39 yoşli fuqaro tumangaz bölimi haydovçisidan 70 ming sömdan sotib olingan 32 ta ballonni qimmatroq narxda sotişni rejalashtirgani ma’lum qilingan.

Navoiyda 26 ta ballon olindi

Navoiy viloyatining Xatirçi tumanida tumangaz bölimi haydovçisining uyidan 26 ta gaz balloni protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Şunga öxşaş holatlar Qoraqalpoğiston respublikasi, Xorazm, Namangan va boshqa hududlarda ham aniqlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yunusobod tumanida 600 dan ortiq xonadonlar gazsiz qolishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek