30-sentabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar bilan uchrashuvda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida faoliyat yuritayotgan ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun jadid Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini ta’sis etish taklif qildi.
Uning ilk sohiblarini 2027-yilgi «1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni» arafasida e’lon qilish va taqdirlash ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, Prezident ta’lim va ilm-fan fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi. Mukofotlar pedagoglar bilan birga ta’lim rivojiga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar va xorijlik hamkorlarga ham topshirildi.
«O‘qituvchi — ma’rifat quyoshi»
Davlat rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, o‘qituvchilik kasbining jamiyatdagi o‘rniga alohida to‘xtaldi.