Saudiya Arabistonidagi aeroportga hujum oqibatida bir kişi halok böldi

Saudiya Arabistonining şarqidagi Dammam şahrida joylaşgan Qirol Fahd xalqaro aeroportiga hujum oqibatida bir kişi halok böldi, sakkiz kişi jarohatlandi. Hodisa 21-oktyabr, çorşanba kuni keçqurun sodir bölgan. Bu haqda Associated Press (AP) Saudiya Arabistoni Fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Aeroport faoliyatiga ta’sir körsatdi
Idora hujum natijasida aeroportga moddiy zarar yetganini ma’lum qildi. Xalqaro parvozlarni kuzatiş xizmati Flightradar24 esa ayrim reyslar aeroportdan boşqa yönalişlarga burilganini bildirdi.
Hozirça Saudiya Arabistoni rasmiylari hujumni kim amalga oşirgani va hodisaning boşqa tafsilotlarini oçiqlamagan.
Saudiya koalitsiyasi mamlakatning şarqiy hududida törtta dron hujumi qaytarilganini ma’lum qilgan. Biroq bu hodisalar aeroportga qilingan hujum bilan qanday boğliqligi haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Mintaqada hujumlar kuçaymoqda
Qirol Fahd aeroporti avval ham Yamandagi husiylarning Saudiya Arabistonidagi yirik aeroportlarga qarşi raketa va boşqa vositalar bilan hujumlari fonida nişonga olingan.
Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan husiylar bu galgi hujum yuzasidan hozirça izoh bermagan.
Hodisa AQŞ Saudiya Arabistonidagi ayrim diplomatlari hamda hukumat xodimlarining oila a’zolariga mamlakatni tark etişni buyurganidan keyin sodir böldi. AP ma’lumotiga köra, bunday qaror mamlakatda yuz bergan halokatli hujumlar va mintaqadagi qarama-qarşilik kuçayişi xavfi ortgani bilan boğliq.
Bundan avval Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi mamlakat janubi-şarqidagi Saudi Aramco boşqaruvidagi neft konida tutib qolingan dron qoldiqlari ikki kişining ölimiga sabab bölganini bildirgan. Halok bölganlar Nepal va Filippin fuqarolari bölgan, yana ikki kişi — Pokiston va Hindiston fuqarolari jarohatlangan.
Şuningdek, ötgan oy Saudiya Arabistonida tutib qolingan husiylar droni qoldiqlari mamlakatda yaşovçi yamanlik fuqaroning ölimiga sabab bölgan. AP bu holatni husiylar hujumlari kuçayganidan beri qayd etilgan ilk tinç aholi vakili qurbonligi sifatida ta’riflagan.
Avvalroq AQŞ Davlat departamenti husiylar hujumlari xavfi ortgani sabab Saudiya Arabistonidagi elçixonaning muhim bölmagan xodimlari va ularning oila a’zolariga mamlakatni tark etişni buyurgandi.