Amerikalik spidkuber közi boğlangan holda Ginnes rekordini yangiladi

Amerikalik spidkuber Tommi Çerri Rubik kubigini közi boğlangan holda yiğiş böyiça örtaça vaqt natijasini 13,97 soniyaga tuşirdi. U şu orqali avstraliyalik Çarli Egginsning 14,05 soniyalik rekordini yangiladi. Bu haqda Tommi Çerrining Instagram sahifasida e’lon qilingan video orqali ma’lum böldi.
Rekord qanday örnatildi
Çerri Xitoyda ötkazilgan Hefei August Open 2026 turnirida 3×3×3 ölçamdagi Rubik kubigini közi boğlangan holda yiğiş böyiça bir neçta urinişni amalga oşirdi. Ularning natijalariga köra, sportçining örtaça vaqti 13,97 soniyani taşkil etdi.
Avvalgi rekord — 14,05 soniya — avstraliyalik spidkuber Çarli Egginsga tegişli edi. Çerri bundan oldin ham közi boğlangan holda kubik yiğiş böyiça yuqori natija qayd etgan. U AQŞning Nyu-Jersi ştatida ötkazilgan Mid-Atlantic Quiet Çampionşip musobaqasida kubikni 11,56 soniyada yiğgan.
Spidkuber haqida
Tommi Çerri 2005-yil 30-mayda tuğilgan. U 2015-yil 30-iyulda, 11 yoşida, örgatuvçi videoni tomoşa qilganidan keyin Rubik kubigini yiğişga qiziqa boşlagan. Bir neça hafta ötib, ilk rasmiy musobaqasida qatnaşgan.
Hozirda Çerri Florida ştati universitetida tahsil oladi. 2023-yilda u közi boğlangan holda Rubik kubigini yiğiş böyiça World Cube Association (WCA) jahon çempionatida ğolib bölgan. Şuningdek, u AQŞ va Şimoliy Amerika çempioni, 2025-yilgi jahon çempionatining kumuş medali sovrindori hisoblanadi.
Avvalroq Audi A6 Sportback e-tron elektromobili bir marta quvvatlanib 1 338 km masofani bosib o‘tib, yangi Ginnes rekordini o‘rnatgandi.