Özbekistonda 4,6 mln tonnadan ortiq paxta yiğib olindi

2026-yil 22-oktabr holatiga köra, Özbekistonda 4 mln 630 ming tonna paxta yiğib olindi. Bu belgilangan rejaning 103 foizini taşkil etdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi ma’lum qildi.
Hosilning 76 foizi maşinalarda terildi
Qişloq xöjaligi vazirligi ma’lumotiga köra, yiğilgan paxtaning 3 mln 515,6 ming tonnasi qariyb 3 mingta paxta teriş maşinasi yordamida terib olingan. Mamlakat böyiça paxta terimini mexanizatsiyalaştiriş darajasi örtaça 76 foizni taşkil etdi.
- Jizzaxda — 98,5%;
- Sirdaryoda — 94,2%;
- Toşkent viloyatida — 81,2% paxta hosili maşinalarda terilgan.
Şuningdek, öqing: Endi paxta va don elektron hisob orqali qabul qilinadi
Paxta terimi davom etmoqda
Ayni paytda 49 ming gektardan ortiq maydonda birinçi terim işlari davom etmoqda. Vazirlik bu yilgi natijalarga zamonaviy qişloq xöjaligi texnikalaridan foydalaniş, yangi agrotexnologiyalar va ilmiy tavsiyalarni işlab çiqarişga joriy etiş ham ta’sir körsatganini bildirdi.
Avvalroq «Kursiv» Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2025-yil paxta terimi narxlari bo‘yicha bayonot bergani haqida yozgan edi.