Ta’lim vaziri yangi örinbosarining noodatiy qirrasi ma’lum böldi
eʼlon qilindi
Oybek Yöldoşev DJ sifatida 20 yildan buyon elektron musiqa bilan şuğullanib keladi

Ta’lim va ilm-fan vazirining yangi birinçi örinbosari Oybek Yöldoşev elektron musiqaga qiziqişi va DJ sifatida ham çiqiş qilgani ma’lum böldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, u 20 yildan buyon elektron musiqa bilan şuğullanib, öz mikslarini tayyorlab keladi.
Yöldoşev «Stihia» festivalida ham çiqiş qilgan

Yöldoşev DJ sifatida «Stihia» festivalida ham çiqiş qilgan. Internetda tarqalayotgan video 2024-yilda, u vazirlikdagi lavozimiga tayinlanişidan ança oldin tasvirga olingan.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Oybek Yöldoşev 2026-yil 20-oktabr kuni prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirining birinçi örinbosari etib tayinlangani haqida yozgan edi. Tayinlovga qadar u PwC Uzbekistan’da davlat sektori, infratuzilma va ESG böyiça konsalting amaliyoti direktori bölib işlagan.