Prezident Şavkat Mirziyoyev Qamaşi tumanidagi Çim mahallasida amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari va aholi bandligini ta’minlaş çoralari bilan tanişdi. Mahalla infratuzilmasini yangilaşga 55 mlrd söm yönaltirilgan.
Qamaşi tumanidagi Çim mahallasi «Yangi Özbekiston qiyofasidagi mahalla» sifatida rivojlantirilmoqda. Bu yerda 5,5 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi, ularning qariyb yarmi yoşlardir. Prezident mahalladagi yangi obyektlar, bandlik loyihalari va tadbirkorlik faoliyati bilan tanişdi.
Infratuzilmaga 55 mlrd söm yönaltirildi
Çim mahallasida 240 örinli bolalar boğçasi, 640 örinli maktab, mahalla va yoşlar markazlari hamda istirohat boği barpo etildi. Şuningdek, 4,5 km yöl qurildi, elektr ta’minoti va suğoriş tarmoqlari yangilandi.
Davlat rahbari mahalla markazidagi öyingohda bolalar...