Yangi alifbo, Samarqand sammiti, Qaşqadaryoda kurort quriladi — 21-oktabr kungi dayjest

Şavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Mirziyoyev bolalar farovonligi böyiça yangi takliflarni ilgari surdi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Samarqandda ötkazilayotgan «Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yöl» butunjahon sammiti iştirokçilariga murojaat qildi. Davlat rahbari bolalar salomatligi, ta’limi, raqamli xavfsizligi va ularni zöravonlikdan himoya qiliş böyiça xalqaro hamkorlikni kuçaytirişni taklif etdi.
Samarqandda II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ötkazilmoqda

Samarqand şahrida «Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yöl» jahon sammiti doirasida ötkazilayotgan II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ötkazilmoqda. Unda iştirök etiş uçun Samarqandga 100 dan ortiq mamlakatlardan mutaxassislar va xalqaro taşkilotlar vakillari taşrif buyurdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Şahrisabzda 300 mln dollarlik kurort quriladi

Şahrisabzda $300 mlnlik kurort quriladi. Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi doirasida umumiy qiymati $6 mlrddan ziyod 161 ta loyihani amalga oşirişga start berdi. Şundan 69 ta loyiha işga tuşirildi, yana 92 tasining qurilişi boşlandi.
Fransiya elçisi til haqida özbekcha ğazal öqidi

Fransiyaning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Ualid Fuk 21-oktyabr – Özbek tili kuni munosabati bilan şoir Avaz Ötarning «Til» ğazalini öqidi. Asarda xorijiy tillarni örganish, ilm-fan va hunar egallaş hamda til bilişning inson hayotidagi ahamiyati haqida söz boradi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligiga yangi örinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligi rahbariyatida uçta tayinlov amalga oşirildi. Vazirga birinçi örinbosar va ikki nafar örinbosar tayinlandi.
Qarşida 54 mln dollarlik töqimaçilik fabrikasi işga tushirildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida «Qaşqadaryo» erkin iqtisodiy zonasidagi «Sulton Tex Group» töqimaçilik klasteri fabrikasi bilan tanişdi. Loyiha qiymati $54 mln bölib, korxonada yiliga 20 ming tonna mato ishlab çiqariş va böyaş quvvati yaratilgan.
Sindarov Gukeşga qarshi özaro bahslarda ustunlik qilmoqda

Xalqaro şaxmat federatsiyasi FIDE 2026-yilgi jahon çempionligi uçun bahs oldidan Javohir Sindarov va Gukeş Dommaraju örtasidagi özaro uçraşuvlar statistikasini taqdim etdi. Ma’lumotlarga köra, klassik şaxmatda Sindarovning ustunligi sezilarli. Hisob 2,5:0,5 körinişida özbekistonlik grossmeyster foydasiga.
Abduqodir Husanov yomon baho oldi — tafsilotlar

«Mançester Siti» Çempionlar ligasi umumiy bosqiçining uçinçi turida Gretsiyaning AEK klubini 5:1 hisobida mağlub etdi. Abduqodir Husanov uchraşuvni asosiy tarkibda boşladi va töliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi, deb xabar berdi Sports.kz.
Yoğingarçiliksiz salqinlik: oktabr oxirigaça ob-havo qanday böladi

Özbekistonda 22 – 29-oktabr kunlari, asosan, yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib qoladi. Haftaning ikkinchi yarmidan boşlab aksariyat hududlarda havo asta-sekin sovib, kunduzgi harorat 12–22 daraja atrofida bo‘lişi kutilmoqda. Bu haqda «Özgidromet» xabar berdi.