Şahrisabzda 300 mln dollarlik kurort quriladi

eʼlon qilindi
Viloyatga $7 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilingan
Qaşqadaryoda 69 loyiha işga tuşirildi, 92 tasi boşlandi
Foto: prezident matbuot xizmati

Şahrisabzda $300 mlnlik kurort quriladi. Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi doirasida umumiy qiymati $6 mlrddan ziyod 161 ta loyihani amalga oşirişga start berdi. Şundan 69 ta loyiha işga tuşirildi, yana 92 tasining qurilişi boşlandi.

Viloyatga $7 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilingan

Davlat rahbari sönggi beş yilda Qaşqadaryoga 20 trln söm mablağ yönaltirilgani va $7 mlrd xorijiy investitsiya jalb etilganini ma’lum qildi.

Bu davrda xomaşyoni çuqur qayta işlaşga qaratilgan minglab loyihalar işga tuşirilgan, aholi jon boşiga daromad esa uç baravar oşgan.

Prezident yetiştirilgan mahsulotlarni viloyatning özida çuqur qayta işlaş va aholi daromadini oşiriş zarurligini ta’kidladi.

Töqimaçilikda 18 mingta iş örni yaratiladi

İşga tuşirilayotgan 28 ta sanoat korxonasida qariyb 7 mingta doimiy iş örni yaratilmoqda.

Italiyaning «Cotonella» brendi yiliga 8,5 mln dona tayyor trikotaj mahsuloti işlab çiqarishni yölga qoymoqda.

Koson, Mirişkor va Kasbi tumanlarida töqimaçilik sohasida yana 14 ta loyiha bošlanadi. Ular hisobidan 18 mingta iş örni yaratiş közda tutilgan.

Meva-sabzavotdan $40 mlnlik mahsulot eksport qilinadi

AQŞlik hamkorlar iştirokidagi Wosune Food Ingredients Karshi korxonasi 3,5 ming gektarda yetiştiriladigan 100 ming tonna meva-sabzavotni qayta işlaydi.

Korxonaning $40 mlnlik mahsulotini «Nestlé» va «Purina» kabi xalqaro brendlar uçun eksportga yönaltiriş rejalashtirilgan.

Misr va Pokiston investorlari esa Nişon va Ğuzor tumanlarida 24 ming gektar yerni özlaştirib, kartoşkaçilik va çorvaçilik loyihalarini amalga oşiradi.

Çiqindidan elektr işlab çiqariladi

Oqsuv daryosida umumiy quvvati 24 MVt bo‘lgan uçta gidroelektr stansiyasi işga tuşirildi.

Qarşi tumanida Xitoyning Şanghai SUS kompaniyasi iştirokida $150 mlnlik çiqindidan elektr energiyasi işlab çiqaruvçi zavodni yil oxirigaca işga tuşiriş rejalashtirilgan.

Kitob, Yakkaboğ va Şahrisabz tumanlarida esa umumiy quvvati 58 MVt bo‘lgan töqqizta mikroGES barpo etiladi.

Şahrisabzda $300 mlnlik kurort quriladi

Kitob tumanida Ozarbayjon bilan hamkorlikda oltin qazib oliş loyihasi boşlanmoqda.

Şahrisabz tumanida rossiyalik investorlar bilan $300 mlnlik dor yöli, mehmonxona va toğ-çanği kurorti majmuasini barpo etiş rejalashtirilgan.

Prezident 2027-yil Qaşqadaryoni zamonaviy sanoat va agrotexnologiyalar asosida rivojlantiriş yili bölişini ma’lum qildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qarşida Nasaf brendi ostida traktorlar va paxta teriş maşinalari yiğilayotgani haqida xabar berilgandi. Qarşi şahridagi «FM World» korxonasi yiliga eksport hajmini $50 mln ga yetkazişni rejalaştirgan.

Shuningdek